Toshkentda tadbirkorni 41 million so‘mga chuv tushirishdi

Toshkentda tadbirkorni 41 million so‘mga chuv tushirishdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 17 oktyabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 6 oktyabr kuni Yunusobod tumanida yashovchi G.M. Markaz 1-daha oldida A.S.dan umumiy qiymati 41 mln. 820 ming so‘mlik 9 dona erkaklar dublyonkasini sotib olishini va pulini uyidan olib chiqib berishini aytib aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, undan dublyonkalarini olib voqea joyidan yashiringan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida G.M. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!