Toshkentda qashqadaryolik yigit qing‘ir ishga qo‘l urdi

Toshkentda qashqadaryolik yigit qing‘ir ishga qo‘l urdi

3 oktyabr kuni taxminan soat 11.00 da Chilonzor tumanida Qashqadaryo viloyatilik vaqtincha ishsiz 23 yoshli Muhammadali J. Muqimiy ko‘chasidan velosipedda o‘tib ketayotganida 79 yoshli Shavkat K.ning qo‘lidan ichida dorilar va xonadon kaliti bo‘lgan barsetkani o‘g‘irlab ketgan. Jabrlanuvchiga 300 ming so‘mlik zarar yektazilgan.

Toshkent shahar IIBBga ko‘ra, gumonlanuvchi issiq izdan Chilonzor tumani IIO FMB 3-son ichki ishlar bo‘limi jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (“Talonchilik”) 1 qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.


    Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

    Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

    Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!