Toshkentda namunali uy portladi: qurbonlar bor

Toshkentda namunali uy portladi: qurbonlar bor

Toshkent viloyatida joylashgan namunali uylarning birida gaz sizib chiqishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi.

2019 yilning 11 noyabr kuni Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani “Surum“ mahallasidagi uylarning birida gaz to‘planib chaqnashi natijasida portlash sodir bo‘ldi. Portlash oqibatida 2 nafar shaxs vafot etgan.

O‘zbekiston FVVning ma’lumotlariga ko‘ra, portlash namunali uylarning birida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 4 nafar fuqaro turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Voqea joyida Toshkent shahar yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari ishlashmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!