Toshkentda Mercedes-benz avtomashinasi yonib ketdi

Toshkentda Mercedes-benz avtomashinasi yonib ketdi

Toshkent shahar Uchtepa tumanida Mercedes-benz avtomashinasi yonganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB Matbuot xizmati izoh berdi.

Joriy yilning 15 iyun kuni soat 11:30 atrofida Uchtepa tumani TXAY ko‘chasi 18-avtobuslar saroyi qarshisida, Mercedes-benz avtomashinasining salon qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv bo‘lganligi sababli, yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!