Toshkentda “Korzinka.uz” avtomashinalar turar joyidan “Lasetti” o‘g‘irlandi

Toshkentda “Korzinka.uz” avtomashinalar turar joyidan “Lasetti” o‘g‘irlandi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 18 oktyabr kuni tushgan xabarga ko‘ra, shu yil 17 oktyabr kuni noma’lum shaxs A.Xo‘jayev ko‘chasida joylashgan “Korzinka.uz” savdo markazi oldida joylashgan avtomashinalar turar joyida qarovsiz qoldirilgan SH.S. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasini haydab qochgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi A.X. sodir etganligi aniqlanib ushlangan. Avtomashina Yashnobod tumani Quruvchilar ko‘chasi oldida texnik soz holda topilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi

Manba: asr.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!