Bugun AOKA huzuridagi shtabda Toshkent shahri sanitariya- epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori o‘rinbosari Bobur Qurbonov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
- Aholi oraqida koronavirus bilan kasallanganlarning keskin oshib ketishi nima bilan bog‘liq?
➖ Xorijdagi fuqarolarimiz O‘zbekiston hududiga kirib kelgach, maxsus karantin zonalariga joylashtiriladi, ya’ni ular qarindoshlari, do‘stlari va tanishlari bilan muloqot qilmaydi. O‘sha yerda ulardan test tekshiruvi uchun tahlillar olinadi. Shundan so‘ng ularga tashxis qo‘yiladi. Natijalar asosida COVID-19 tasdiqlanadi.
Aholi orasida koronavirusga chalinganlarning ko‘payib ketayotganiga sabab: fuqarolarimiz, asosan yoshlarimiz karantin tadbirlariga amal qilmay qo‘ydi. Tibbiy niqoblarni noto‘g‘ri taqish (burunni ochib), masofa saqlamaslik, yoshlarning kechalari mahallalar va ko‘p qavatli uylar tagida yig‘ilib birga vaqt o‘tkazishlari — mana shu sabablar tufayli Toshkent shahrida kasallanishlar soni keskin ko‘paymoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Олимлар бундан радиация нафақат тирик мавжудотларни йўқ қилиши, балким уларнинг организмида кутилмаган эволюция жараёнларни қўзғатиши ҳам мумкин, деган хулосага келишмоқда.
Исроилнинг вахшиёна тажовузи яна қанча давом этади? Янги туғилган чақалоқларнинг тахминан 20 фоизи муддатидан олдин, кам вазнли ёки асоратлар билан туғилмоқда ва топиш қийин бўлган юқори даражадаги парваришга муҳтож бўлмоқда.
Ҳодиса оқибатида енгил машина ҳайдовчиси ва олд ўриндиғидаги йўловчи — ҳайдовчининг синфдоши бўлган бола оғир тан жароҳати олиб, шифохонага ётқизилган.