Toshkentda kirakashni bo‘g‘ib, pichoqlab o‘ldirgan uch yigitga qanday jazo berildi?

Toshkentda kirakashni bo‘g‘ib, pichoqlab o‘ldirgan uch yigitga qanday jazo berildi?

Joriy yil 23 may kuni 1996 yil tug‘ilgan fuqaro Jamshid Rahimov kirakashlik qilib yurib, Qo‘yliq massiviga eltib qo‘yishni so‘ragan uch yo‘lovchini mashinasiga o‘tqazgan.
 
O‘sha payt soat 23:00 lar atrofida bo‘lgan. Alkogol ta’sirida bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchi manzilga yetgach, kayfu safoni davom ettirishga pul topish maqsadida Jamshid Rahimovni bo‘g‘ib, pichoqlab o‘ldiradi.
 
Mashinani olib ketgan 3 yigit Jamshid Rahimovning jasadini Sergeli tumaniga tashlab ketgan. Mashina esa Chirchiq shahridan topilgan.
 
"Zamon" dasturida berilgan ma’lumotga ko‘ra, jinoyatchilarga sud hukmi o‘qildi.
 
Jinoyat yuzasidan Toshkent shahar jinoyat sudida uch nafar yigitni uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Endi ular 25 yil umrlarini panjara ortida o‘tkazadilar. Jinoyatchilar jazoni qattiq tartibdagi koloniyada o‘taydilar.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!