Toshkentda er xotinining 23 ming dollar pulini tunamoqchi bo‘ldi, ammo...

Toshkentda er xotinining 23 ming dollar pulini tunamoqchi bo‘ldi, ammo...

Joriy yil 6 avgust kuni Yakkasaroy tumani IIBga bir ayol shikoyat bilan murojaat qilgan. Shikoyatchilar 30 yoshli Gulnoza A. va uning fuqarolikdagi turmush o‘rtog‘i 20 yoshli Jamshid M. uylaridan 23 500 AQSh dollari miqdorida pul yo‘qolganini aytganlar. Bu haqda "qalampir" xabar bermoqda.
 
Pullar ayolga tegishli sotilgan kvartiraning pullari bo‘lgan. Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoiy ish ochilgan.
 
Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, Jamshid uyni sotib, boshqa tumandan uy olishga ko‘ndirgan. Tezkor tekshiruvlar vaqtida jinoyatga jabrlanuvchining yaqinlari aloqador bo‘lishi mumkinligi hisobga olinib, uning turmush o‘rtog‘i so‘roq qilingan.
 
Erkak darhol tergovga ko‘maklashishga tayyor ekanini aytib, pullarni o‘g‘irlash fikri undan chiqqanini tan olgan. Ushbu g‘ayrli maqsadni amalga oshirish uchun Jamshid ko‘pincha xizmatidan foydalangan xususiy kirakash – 30 yoshli Aziz K.ga uy kalitining nusxasini yasatishni buyurgan.
 
Jinoiy sheriklar oila uyda bo‘lmagan kunda Gulnozaning pullarini o‘g‘irlashga kelishib olganlar. Biroq Aziz bir emas ikkita nusxada kalit yasatgan va buni Jamshiddan sir tutgan.
 
Oxir-oqibat Azizning tanishlari uyni o‘margan. Jamshid va Azizning kelishuviga ko‘ra, pullarni o‘g‘irlashi kerak bo‘lgan odamlar u yerdan hech nima topa olmagan.
 
Tezkor tekshiruvlar vaqtida o‘g‘irlikka aloqador 6 kishi aniqlangan. Tekshiruv davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!