Toshkentda bir vaqtda bir joyda ikkita jinoyat sodir bo‘ldi

Toshkentda bir vaqtda bir joyda ikkita jinoyat sodir bo‘ldi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 29 mart kuni soat 19:00 da Bekobod shahar Yorqin ko‘chasidagi avtomobil yo‘lida 17 yoshli A.T., ning boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli avtomashina bilan 30 yoshli A.F., ning boshqaruvida bo‘lgan “Nexia” rusumli avtomashina o‘rtasida kichik to‘qnashuv sodir bo‘lgan, A.T. va A.F., lar o‘zaro janjal boshlaganliklari oqibatida, A.T. pichoq bilan A.F. va uning tanishi (yo‘lovchi) 29 yoshli  S.X., larga tan jarohatlari yetkazgan.

Natijada S.X. va A.F., lar tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganlar. A.T. prosessual tartibda ushlanib undan ashyoviy dalil sifatida bir dona pichoq olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bekobod shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomnidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e” bandi (badanga og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.T., g tegishli modda bilan ayb e’lon qilinib “qamoqqa olish” tarzidagi extiyot chorasi qo‘llanilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!