Toshkentda bir nechta ishchilar ish joyida zaharlandi

Toshkentda bir nechta ishchilar ish joyida zaharlandi

Bugun 5 aprel kuni soat 19:20da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Chilonzor tumani, 19-daha, «Al Xorazmiy» ko‘chasida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasida 3 nafar ishchi xodimlar benzin yoqilg‘isi saqlanayotgan sisternalar oralig‘idan hushsiz holda yotganligi bo‘yicha tashvishli xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib hushsiz holda yotgan AYOQSh xodimlarini xavfli hududdan olib chiqishib birinchi yordam ko‘rsatishgan, shuningdek ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun Tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga topshirilgan.

Ayni vaqtda Toksik moddadan zaharlangan ishchilar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi toksikologiya bo‘limiga joylashtirilgan.

Voqea sababi o‘rganilganda, AYOQSh hududi yer ostiga ko‘milgan 3 dona, har biri katta sig‘imli benzin yoqilg‘isi saqlanayotgan sisternalar orasida yig‘ilib qolgan yengil yonuvchan suyuqlikning (benzin) kuchli konsentrasiyasidan hushlarini yo‘qotganligi aniqlandi.

Voqea joyiga Chilonzor tuman FVB boshlig‘i rahbarligida 3 ta qutqaruv ekipajlari 15 nafar shaxsiy tarkibi, tuman Prokuratura, IIB tezkor tergov guruhi va SSB xodimlari chiqishgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!