Toshkentda avtobus ko‘chani yorituvchi beton ustunga borib urildi

Toshkentda avtobus ko‘chani yorituvchi beton ustunga borib urildi

 Hodisa 12 oktyabr kuni 17:50 atrofida Navoiy ko‘chasining Hyatt Regency mehmonxonasi oldida ro‘y bergan

– Haydovchi mashina bilan to‘qnashuv yuz berishining oldini olish maqsadida rulni burib yuborgan

– 5 nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan

12 oktyabr kuni soat taxminan 17:50 atrofida Navoiy ko‘chasining Hyatt Regency mehmonxonasi oldidan o‘tgan qismida 155-yo‘nalishda Chorsu-Yangiobod bo‘ylab harakatlanuvchi Isuzu avtobusi ko‘chani yorituvchi beton ustuniga borib urilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Avtobus haydovchisi 34 yoshli Sarvar M.ning so‘zlariga ko‘ra, u oldidan ketayotgan va svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga birdan to‘xtagan mashina bilan to‘qnashuv yuz berishining oldini olish maqsadida rulni burib yuborgan.

Haydovchining qo‘shimcha qilishicha, voqea yuz bergan vaqtda avtobus salonida 10-12 yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning besh nafari yengil tan jarohatlarini olgan va salomatligini tekshirish uchun shifoxonaga olib borilgan.

Manba: uz24. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!