Toshkentda 52 yashar ayolni poyezd urib yubordi

Toshkentda 52 yashar ayolni poyezd urib yubordi

Bugun, 13 sentyabr kuni Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, “Salar-Yalong‘och” bekatlari oralig‘ida poyezd ayolni urib yubordi.
 
“Salar-Yalong‘och” bekatlarining 4-kilometr 9-piketida soat 08:00 larda “Toshkent-Xodjikent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan 6429-sonli elektropoyezd ayolni urib yuborgan. Qurbon 1966 yilda tug‘ilgani aytilmoqda. U poyezd yo‘lini qulochin orqali musiqa eshitayotib, kesib o‘tgan. Ayol voqea joyida halok bo‘lgan.
 
Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!