Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3 aprel kuni soat 21:10larda, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shahrisabz va Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur YTHda 5 ta avtomobil:  «Lacetti», «Toyota», «Spark»,  «Malibu», «Nexia» ishtirok etgan.

«Nexia» haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!