Toshkentda 3 nafar yosh yigit 40 yashar erkakni do‘pposladi

Toshkentda 3 nafar yosh yigit 40 yashar erkakni do‘pposladi

2019 yil 8 avgust kuni soat 22:20larda Toshkent viloyatining Angren shahri Qardoshlik ko‘chasida yashovchi 23 yoshli SH.M., 26 yoshli A.T., Ozodlik ko‘chasida yashovchi 22 yoshli M.M.lar mast holda Yangihayot mahallasi A.Temur ko‘chasida joylashgan avtobus bekatida o‘zaro janjal oqibatida mast holda bo‘lgan Angren shaharda yashovchi 40 yoshli Q.H.ni tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazganlar.

Natijada Q.H. kasalxonaga yotqizilib, SH.M., A.T. va M.M.lar ushlangan. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari olib borilmoqda.   

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!