Toshkentda 200 nafar fuqaroni 16 milliard pulini o‘zlashtirgan MCHJ mansabdori qamaldi

Toshkentda 200 nafar fuqaroni 16 milliard pulini o‘zlashtirgan MCHJ mansabdori qamaldi

Toshkentda 200 nafar fuqaroni aldab, pullarini o‘zlashtirgan MCHJ mansabdoriga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchi shaxs sheriklari bilan MCHJ tashkil etib, odamlarga muddatli to‘lov evaziga avtomobil va xonadon sotishni va’da qilgan. Fuqarolar bunga ishonib, MCHJga mashina va uy uchun turli miqdordagi pullarni o‘tkazib berishgan. Ammo, MCHJ mansabdorlari uy ham mashina ham bermasdan odamlarni aldab kelgan.

"4 avgustda telefon qilsam, hammasining telefonlari o‘chiq. Firmaga borsak, bittasi qochib ketgan ekan. Bular bizga o‘rtaga dinni ham qo‘shib, va’da berishdi. 40 kunda chiqarib beramiz, deyishdi”, - deydi jabrlanganlardan biri.

Aniqlanishicha, ayblanuvchilar 200 nafardan ortiq fuqarodan 16 mlrd so‘m pullarni olgan. Jinoiy guruhning bir nafariga jazo tayinlash uchun sudga olib kelingan. Qolganlariga alohida ish yuritilmoqda. Yana bir nafari qochib ketgan.

“Norasmiy rahbar o‘zi uch marta firibgarlik bilan qamalgan ekan. U pullarni naqdlashtirib, qochib ketgan”, - deydi sudlanuvchi shaxs. Uning aytishicha, u ham MCHJ rahbarini firibgarligini bilmagan. Shu kungacha, 50 ta uy va 10 ta mashina olib bergan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining hukmi bilan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan 1991 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!