Toshkent yaqinida ikki ayol YTH oqibatida halok bo‘ldi

Toshkent yaqinida ikki ayol YTH oqibatida halok bo‘ldi

Yangiyo‘l tumanida Kobalt ning MAZ-509A yuk mashinasining yarimtirkama bortiga urilishi natijasida ikki kishi vafot etdi, uch kishi shifoxonaga yotqizildi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

IIV xabariga ko‘ra, avariya 17 may kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent-Termiz yo‘lining 827 kilometrida sodir bo‘lgan.

Surxondaryodan bo‘lgan Kobalt rusumli avtomashina haydovchisi texnik nosozligi sababli to‘xtab turgan MAZ-509A yuk avtomashinasining yarimtirkama bortiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada Kobalt avtomashinasi yo‘lovchilari, Surxondaryo viloyatidan bo‘lgan ikki ayol voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, Kobalt avtomashinasi haydovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va uning yana 2 nafar yo‘lovchilariga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!