Toshkent viloyatida bosqinchi qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida bosqinchi qo‘lga olindi

13 noyabr kuni Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida noma’lum shaxs Madaniyat MFYda yashovchi, uy bekasi, N.D.ning uyiga ochiq qolgan eshik orqali kirib, uni boshiga tosh bilan urib jarohat yetkazib, “Samsung” mobil telefonini olib voqea joyidan yashiringan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Madaniyat MFYda yashovchi D.H. sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!