Toshkent markazidagi ma’muriy binolardan birida yong‘in chiqdi

Toshkent markazidagi ma’muriy binolardan birida yong‘in chiqdi

Bugun, 11 fevral kuni soat 8.30 da Amir Temur shoh ko‘chasi 6-uyda joylashgan ma’muriy binoda yong‘in sodir bo‘ldi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, yong‘in xavfsizligi xodimlarining tezkor harakati bilan olov bir necha daqiqa ichida bartaraf qilingan. Natijada bino tomining 60 kv m maydoni yongan.

Hodisaga elektr kabel qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan. Zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!