Toshkent aholisi derazadan turib konsert uyushtirmoqda (video)

Toshkent aholisi derazadan turib konsert uyushtirmoqda (video)

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi koronavirus epidemiyasi tufayli joriy etilgan karantin payti zerikmaslik uchun turli ko‘ngilochar fleshmoblarni o‘ylab topmoqda.

Xususan, karantin payti odamlarning ruhini ko‘tarishga qaratilgan shunday tadbirlar aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ulardan biri «balkon konsertlari» bo‘lib, poytaxtdagi opera qo‘shiqchilari ko‘p qavatli uylar derazalaridan turib opera ijro etmoqda.  Videoda tomoshabinlar qo‘shiqchilarni olqishlab, qarsak chalayotganini eshitish mumkin.

Bunday chiqishlarni Italiya va Ispaniya musiqachilari boshlab bergandi. Toshkent aholisi ham ulardan ilhomlanib, har kuni uylarining derazalaridan turib turli qo‘shiqlarni ijro etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!