Toqayev Qozog‘iston prezidentligiga nomzodini qo‘ya olmasdi, ammo...

Toqayev Qozog‘iston prezidentligiga nomzodini qo‘ya olmasdi, ammo...

Qozog‘iston Konstitusion Kengashi amaldagi prezident Qosim-Jo‘mart Toqayevga mamlakatda 9 iyunda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida qatnashishga ruxsat berdi.

Gap shundaki, Qozog‘iston konstitusiyasiga ko‘ra mamlakat prezidentligiga nomzodini qo‘yadigan shaxslar oxirgi 15 yil davomida Qozog‘istonda doimiy yashagan bo‘lishi shart.

Toqayev esa oxirgi 15 yil hisoblanganda 2011-2013 yillarda Qozog‘istonda doimiy yashamagan. U o‘sha yillarda BMT bosh kotibining o‘rinbosari va tashkilotning Yevropa bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlagan va Jenevada yashagan.

Shuningdek, Konstitusion Kengash Nur Otan partiyasidan prezidentlikka nomzodi ko‘rsatilgan Toqayevni Jenevada ishlagan yillarida ham uning doimiy yashash joyi Qozog‘istonda deb ko‘rsatilganini inobatga oldi va Toqayevni prezidentlik saylovida qatnashishiga ruxsat berdi deyiladi Konstitusion Kengash axborot xizmati tarqatgan xabarda. Bu haqda RIA Novosti xabar berayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!