Tokio-2020. Yana bir hamyurtimiz chorak finalda to‘xtadi

Tokio-2020. Yana bir hamyurtimiz chorak finalda to‘xtadi

Erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) Tokio-2020 Olimpiadasining chorak final bellashuvini o‘tkazdi. Unda hamyurtimiz rossiyalik Zaurbek Sidakovga qarshi bahs olib bordi.

Ikki karra jahon chempioniga qarshi munosib kurashgan Abdurahmonov afsuski, ushbu bellashuvda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Endi Sidakov yarim final bahsini muvaffaqiyatli o‘tkazgan taqdirda Abdurahmonov bronza medali uchun kurashni davom ettiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!