Tokio-2020. Olimpiadada kurashchilar raqiblarini tishlab oldi

Tokio-2020. Olimpiadada kurashchilar raqiblarini tishlab oldi

Tokio Olimpiadasi sovrindori yarim finalda raqibini tishlab oldi.

Tokio Olimpiadasida kichik janjal yuz berdi. Qozog‘istonlik erkin kurashchi Nurislam Sanayev erkin kurash bo‘yicha yarim final bahslarida hindistonlik raqibi Ravi Kumarning qo‘lini tishlab oldi.

Ushbu voqeaga Xalqaro kurash federasiyasi ham to‘xtalib o‘tdi. Federasiyaning qaroriga ko‘ra, bu holat "kutilmaganda amalga oshirilgan reaksiya" sifatida baholandi. Shunday qilib, ushbu qoida buzilish holati uchun bronza medali sohibi Nurislam Sanayevga hech qanday jazo qo‘llanilmadi.

Bu holatga e’tiroz bildirgan Hindiston vakilining o‘zi final bahsida rossiyalik raqibini undanda battar tishlab oldi. Final bahsida Zaur Uguyevning qo‘lidan qon chiqquncha tishlab olgan hindistonlik kurashchi baribir mag‘lub bo‘ldi va kumush medal bilan cheklandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!