Tojikiston TIV: «Teraktni tojikistonliklar uyushtirgani Rossiya hukumati tomonidan tasdiqlanmagan»

Tojikiston TIV: «Teraktni tojikistonliklar uyushtirgani Rossiya hukumati tomonidan tasdiqlanmagan»

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Krokus-Siti majmuasida yuz bergan terakt munosabati bilan OAV vakillariga murojaat e’lon qildi.

“Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!

Moskvadagi «Krokus Siti» konsert majmuasida yuz bergan terakt munosabati bilan Tojikiston fuqarolari yoki Tojikiston fuqarolarining ushbu harakatga aloqadorligi haqidagi ma’lumotlarni tarqatishga mas’uliyat bilan yondashish zarurligiga e’tibor qaratamiz.

Ta’kidlaymizki, Tojikiston tomoni hozirda Tojikiston fuqarolarining ishtiroki haqida tarqalayotgan soxta ma’lumotlar haqida Rossiya rasmiylaridan tasdiqlov olmagan. Shu munosabat bilan Rossiya davlat idoralari tomonidan tarqatilgan rasmiy ma’lumotlarga tayanishingizni so‘raymiz.

Shuni yodda tutish kerakki, tekshirilmagan va ishonchsiz ma’lumotlarning tarqatilishi hozirda mamlakatdan tashqarida bo‘lgan Tojikiston fuqarolariga zarar yetkazishi mumkin”, — deyiladi Tojikiston TIV bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!