Tog‘ bag‘ridagi dam olish maskani

Tog‘ bag‘ridagi dam olish maskani
Namangan viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi tasarrufidagi “Kamalak” oromgohi Yangiqo‘rg‘on tumanining Mamay qishlog‘ida joylashgan. Podshoota soyi qirg‘og‘i bo‘yidagi ushbu maskanning atrofi tog‘lar bilan o‘ralgani bois musaffo iqlimga ega.
Mazkur oromgoh endilikda bolalarni sog‘lomlashtirish mavsumidan tashqari davrda, ya’ni yilning 9 oyi davomida dam olish maskani sifatida faoliyat yuritadi. Salomatlikni tiklash dasturiga oromgohga tutash Toshbaqatog‘ bag‘rida tonggi badantarbiya mashqlarini o‘tkazish, sog‘lom ovqatlanish, massaj va shifobaxsh suvli muolajalarni qabul qilish kabilar kiritilgan. Taomlar asosan, tog‘ havosi bilan to‘yingan mahsulotlardan tayyorlanadi. Shuningdek, ushbu tabiat qo‘ynidan yig‘ib olingan dorivor giyohlardan tayyorlangan damlama va kokteyllar dam oluvchilar salomatligini mustahkamlashda koni foyda bo‘lmoqda.
 
Sentyabr oyidan faoliyat boshlagan mazkur dam olish maskanida hozirgacha 123 nafar yurtdoshimiz hordiq chiqardi. 
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!