Timur Kapadze: “Oldimizga yuksak vazifa qo‘yilgan”

Timur Kapadze: “Oldimizga yuksak vazifa qo‘yilgan”

Ertaga futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi (OTJ) Qatarda o‘tayotgan U23 Osiyo kubogidagi ishtirokini boshlaydi. Bugun “D” guruhi jamoalarning murabbiylari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston OTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Barcha futbolchilarimiz sog‘-salomat va biz musobaqaga tayyormiz. Turnirga uzoq tayyorgarlik ko‘rdik. Oldimizga yuksak vazifa qo‘yilgan. Bu yo‘lda bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Buning uchun futbolchilarimizda iqtidor va mahorat yetarli. Har bir jamoa musobaqani yaxshi boshlab olishga harakat qiladi. Barcha raqiblarni hurmat qilamiz. Osiyo kubogida kuchsiz jamoa bo‘lmaydi. Bu biz uchun birinchi musobaqa emas. Yigitlarda bu borada katta tajriba bor”.

Eslatib o‘tamiz, jamoamiz 17 aprel kuni turnirdagi ishtirokini Malayziyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. “Khalifa International Stadium” arenasida kechadigan bahs Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi va o‘yin "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Shuningdek, guruhimizdan Quvayt va Vyetnam jamoalari ham o‘rin olishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!