Tezyurar poyezd marosimga to‘plangan odamlarni bosib ketdi

Tezyurar poyezd marosimga to‘plangan odamlarni bosib ketdi

Kecha, 19 oktyabr kuni Hindistonning Panjob shtatida katta tezlikda harakatlanayotgan poyezd to‘planib turgan odamlarni bosib ketdi.
 
Shtat rahbariyati hozirgacha 61 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan. 70 dan ortiq odam jarohatlangan. Ularning ko‘pchiligi o‘ta og‘ir ahvolda ekani aytilyapti.
 
Fojia Amritsar shahri atrofida yuz bergan. U yerda diniy bayram o‘tkazilayotgan bo‘lgan. Odamlar diniy marosim bajarilishini tomosha qilish uchun poyezd yo‘liga chiqib ketgan.Qo‘lbola portlagich gumburlashi va baland musiqa ovozida odamlar poyezd kelayotganini eshitmagan. Natijada poyezd odamlarni bosib ketgan.
 
Panjob shtatidabon bo‘lganlar xotirasiga motam e’lon qilingan.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!