“Tesla” — AQShning eng qimmat avtomobilsozlik kompaniyasi!

“Tesla”  — AQShning eng qimmat avtomobilsozlik kompaniyasi!

Ayni vaqtda AQShning eng qimmat avtomobilsozlik kompaniyasi Ilon Maskning “Tesla” kompaniyasi hisoblanib, yanvarda kompaniya aksiyalari narxi yuqorilab, brend qiymati 89 mlrd dollarga yetgan.

Shu tariqa, “Tesla”ning bozor qiymati AQShning boshqa yirik avtomobilsozlik kompaniyalari – “General Motors” va “Ford”ning birgalikda olingan qiymatidan qimmatroqni tashkil qilgan. Ayni vaqtda “GM”ning qiymati 59 mlrd dollarni, “Ford”niki 37 mlrd dollarni tashkil qiladi.   

Maskning kompaniyasi aksiyalari oxirgi 3 oyda 2 martadan ko‘proqqa qimmatlashib, bir donasi uchun rekord narx - 492,14 dollarga yetgan. Kompaniya aksiyalarining qimmatlashishi 2019 yilning 4-choragidagi ko‘rsatkichlar va Xitoyda yangi zavod ishga tushirilishi bilan tushuntirilmoqda.

Shu bilan birga, "GM" va "Ford" 2019 yilda AQShning o‘zida 2 mlndan ko‘proq, "Tesla" esa butun dunyo bo‘ylab ancha kamroq – 367 ming avtomobil sotgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!