Termizda ona 2-sinfda o‘qiydigan o‘g‘lini 20 millionga sotmoqchi bo‘ldi

Termizda ona 2-sinfda o‘qiydigan o‘g‘lini 20 millionga sotmoqchi bo‘ldi

2019 yilning 1 fevral kuni termizlik N.N. Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida 2019 yil yanvar oyining o‘rtalarida Termiz shahar hududida shaxsiy ishlari bilan yurgan vaqtida Termiz shaharda yashovchi Zubayda (ism shariflar shartli ravishda o‘zgartirilgan) ismli ayol bilan tanishib qolganligi va ushbu ayol o‘zining hozirda Termiz shahar hududida joylashgan maktabning 2-sinf o‘quvchisi bo‘lgan Arslonbek ismli o‘g‘lini 25.000.000 so‘mga sotish maqsadida yurganlini va Zubaydaning ushbu ishlari qonunga xilof ish ekanligi va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmatining UZ24 ga xabar qilishicha, mazkur holat yuzasidan 2019 yilning 2 fevral kuni viloyat IIB JQB UJQKB xodimlari tomonidan Termiz tumani A.Navoiy mahallasi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Zubayda 2-sinf o‘quvchisi bo‘lgan o‘g‘lini 20.000.000 so‘mga N.N.ga sotayotgan vaqtida tezkor tadbir vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan, Z.J.ga nisbatan JKning 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!