Termiz shahridagi "Bog‘ishamol" mahallasida yashovchi o‘ttiz yoshdagi Jo‘lli O‘tmasov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) 19 yoshdagi Vali Soriyevni Termiz davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘ladi. Yaqin tanishlari orqali ijodiy imtihonlardan yaxshi baholar olib berishni va’da qiladi.
Ta’lim muassasasining ijodiy imtihonlarini o‘ta shaffof, oshkora o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilayotganini eslatib, bu xizmati uchun 4 ming dollar so‘raydi. “Hojatbaror” Jo‘lliboy V.Soriyevdan 2 ming dollarni sanab olayotgan paytda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Ayni paytda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168- va 211-moddalarining tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
– Mamlakatimizda bu yilgi test sinovlarining ochiq, adolatli tashkil etilishi yuzasidan keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari olib borilgan bo‘lsa-da, ayrim shaxslar o‘qish istagida bo‘lgan soddadil abituriyentlarni o‘z “qarmog‘iga” ilintirmoqchi bo‘layotgani achinarlidir, – deydi Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari, kapitan F.Toshboyev. – Bu jarayonni qat’iy nazorat qilayotgan huquq-tartibot idoralari xodimlari va’dani “quyuq” qilayotgan bunday shaxslarni o‘z vaqtida aniqlab, zarur choralar ko‘rmoqda. Bundan biroz avvalroq Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Dehqonobod" mahallasida yashovchi 34 yoshdagi Tolib Jo‘rayev ham qo‘lga olingan edi. U Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Hayitobod" mahallasidan Oyniso To‘lamurodovani Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga 3 ming 500 dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishga “so‘z” bergan. Mazkur holat yuzasidan ham tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Manba: uza.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Кушнер бу ҳақда 19 ноябрь куни Берлинда Европа давлатлари етакчилари ва Украина президенти Владимир Зеленский иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида гапирди.
Сўнгги йилларда Тошкент шаҳрида аҳоли сони ва шаҳар инфратузилмаси кенгайиши билан жамоат транспортига, хусусан, метрополитенга бўлган талаб ҳам ортиб бормоқда.
"Луч" конструкторлик бюроси раҳбари Олег Коростеловнинг айтишича, жорий йилда бир неча юзта "Нептун" ракетаси ишлаб чиқарилади, бироқ уларнинг сони мингтага етмайди.
The Wall Street Journal'нинг хабар беришича, Доналд Трамп иккинчи муддатга Оқ уйга қайтганидан кейин ҳам Ким Чен Ин билан алоқаларни тиклашга уринишларни давом эттиряпти
Европа конституциявий ва инсон ҳуқуқлари маркази (ECCHR) Моссаднинг собиқ раҳбари Давид Барнеага қарши Ливанда содир этилган деб баҳоланаётган «ҳарбий жиноятлар» бўйича жиноий шикоят берди.
Хитой раҳбари Россия, АҚШ ва Хитой етакчилари иштирокидаги уч томонлама учрашувда ядровий қуролларни тақиқлаш ва уларни тўлиқ йўқ қилиш зарурлигини таъкидлади.
Ҳар бир манзилнинг ўзига хос таъми унинг тарихи, маданияти ва турмуш тарзини намоён этади. Яқинда эълон қилинган саёҳат тенденциялари ҳисоботига кўра, сўров қатнашчиларининг 82 фоизи маҳаллий ҳаётда бевосита иштирок этиш ўша халқ маданиятини чуқурроқ англашга ёрдам беришини таъкидлаган.