Termizda 11-sinf o‘quvchisi 25 yoshli yigitni pichoqlab qo‘ydi

Termizda 11-sinf o‘quvchisi 25 yoshli yigitni pichoqlab qo‘ydi

Termiz shahridagi «Dark City» kafesi oldida tungi 01:30 larda ko‘ngilsiz voqea ro‘y berdi, deb xabar berdi «Postda.uz».

Shahardagi 1-sonli o‘rta maktabning 11-sinf o‘quvchisi F.Q. va Jarqo‘rg‘on tumani «Yangiobod» mahallasida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan Q.R. o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Janjal paytida F.Q. mast holda Q.R.ning qorniga pichoq sanchib oldi. Jabrlanuvchining akasi 1991 yilda tug‘ilgan K.R. esa bunga javoban F.Q.ning yuz va bosh qismiga urib, jarohat yetkazdi.

Natijada Q.R. va F.Q. shifoxonaga yotqizildi.

Holat yuzasidan F.Q. va K.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!