Tehronda xalqaro kitob ko‘rgazmasi ochildi

Tehronda xalqaro kitob ko‘rgazmasi ochildi

33-Tehron xalqaro kitob ko‘rgazmasida 178 dan ortiq xorij nashriyoti ishtirok etadi.

Bu haqda 33-Tehron xalqaro kitob ko‘rgazmasining xorijiy nashriyotlar qo‘mitasi rahbari Ismoil Janalipur ma’lum qilgan.

Tehronda xalqaro kitob ko‘rgazmasi ochildi

Yana 14 nafar xorijiy nashriyot Tehron xalqaro kitob ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun ariza topshirgan, biroq o‘z ma’lumotlarini hali yuklagani yo‘q, deydi u.

Tehron xalqaro kitob yarmarkasi nafaqat Eronda, balki Osiyo va Yaqin Sharqdagi eng muhim kitob tadbirlaridan biridir. Ko‘p yillik muvaffaqiyatli tajribaga ega bo‘lgan ushbu ko‘rgazma dunyodagi eng mashhurlaridan biri bo‘lib, unga har yili 5 milliondan ortiq kitobxon tashrif buyuradi.

Tehronda xalqaro kitob ko‘rgazmasi ochildiTehronda xalqaro kitob ko‘rgazmasi ochildi

33-Tehron xalqaro kitob yarmarkasi Tehronda, Imom Humayniy masjidida bo‘lib o‘tadi. Tehron xalqaro kitob yarmarkasi Erondagi eng muhim kitob tadbiri bo‘lib, o‘ttiz uchinchi marta o‘tkazilmoqda. Tehron kitob ko‘rgazmasining xalqaro bo‘limida har yili 1600 ga yaqin noshirlar 220 000 ga yaqin kitoblarni namoyish etadi. Joriy yilda Germaniya, Xitoy, Yaponiya, Ummon, Janubiy Koreya, Ozarbayjon, Venesuela, Rossiya, Meksika, Turkiya, Quvayt, Qozog‘iston, Belgiya, Turkmaniston, AQSH, Kanada, Afg‘oniston, Ispaniya, Polsha va Hindiston delegasiyalari ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Ko‘rgazma 11 mayda boshlanib 21 mayga qadar davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!