Taxmin: joriy yilda 18 million kishining saratonga chalinishi kutilmoqda

Taxmin: joriy yilda 18 million kishining saratonga chalinishi kutilmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga qaraganda, dunyo bo‘yicha har besh erkakdan va har olti ayoldan biri hayotida saratonning biror turiga chalinadi.

Ekspertlar joriy yilda 18 million kishining saratonga chalinishini va 9,6 millionga yaqin kishining saraton kasalligidan vafot etishini taxmin qilmoqda. 

Saraton kasalliklarning qariyb yarmi Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi, bu qit’ada sayyoramiz aholisining 60 foizi istiqomat qiladi. Dunyo aholisining atigi 9 foizi yashaydigan Yevropaga esa saraton kasalliklarining 23,4 foizi to‘g‘ri keladi.

Onkologik kasalliklar orasida eng ko‘p o‘pka, ko‘krak va ichak saratoni uchramoqda

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!