Tatyana Karimovaning vafoti haqidagi xabarlar rostmi?

Tatyana Karimovaning vafoti haqidagi xabarlar rostmi?

Bugun, 27 may kuni erta tongdan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Akbarovna Karimovaning vafot etgani haqida xorijiy OAVda asossiz mish-mishlar tarqaldi. Unda Tatyana Akbarovna 27 may tongida yurak xurujiga chalingani va vafot etgani qayd etiladi.


 
“Qalampir.uz” internet nashri xodimlari xabarga aniqlik kiritish maqsadida Karimovlar oilasiga yaqinlar bilan bog‘landi.
 
Ishonchli manbaning ma’lum qilishicha, tarqalayotgan xabarlar yolg‘on. Tatyana Karimova sog‘-salomat. Xavotirga esa o‘rin yo‘q.
 
Tatyana Karimova turmush o‘rtog‘i – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotira tadbirlarida faol. U doim oila nomidan ishtirok etib, turmush o‘rtog‘i bilan o‘tgan davrlarni yodga oladi. Islom Karimovning vafotidan keyin Tatyana Karimova qizi Lola Karimova-Tillyayeva bilan Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondiga asos soldi. Biroq, bir necha oydan buyon Lola Karimova-Tillyayeva Toshkentdan uzoqda, xorijda qolmoqda. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!