Tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari vafot etdi

Tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari vafot etdi

Tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Rustam To‘xtaboyev 20 oktyabr kuni 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Rustam To‘xtaboyev 1958 yil 5 avgust kuni Toshkentda tug‘ilgandi. 1980 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

1980—1986 yillarda Toshkent davlat universitetida o‘qituvchi, 1986—1996 yillarda Xorijdagi vatandoshlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar jamiyati xodimi, 1996—1997 yillarda Prezident devonining davlatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi, 1997—2000 yillarda Prezident huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari, 2000—2005 yillarda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari — TIV Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

2005 yildan 2015 yilga qadar Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari — Tashqi siyosiy faoliyat tahlili va strategiyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

Rustam To‘xtaboyev 2004 yilda «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!