“Tashabbusli byudjet” loyihasiga Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etiladi

“Tashabbusli byudjet” loyihasiga Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etiladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan o‘rganishlar natijalari shuni ko‘rsatmoqda-ki, yirik mahallalar aholi soni yuqori bo‘lganligi sababli ovoz berishda ustunlikka ega bo‘lish holatlari mavjud.

Ovoz berishda tengsizlikka yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, barcha mahallalar aholisi uchun loyihalarni amalga oshirishda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida vazirlik tomonidan bir qancha texnik va uslubiy yechimlar ishlab chiqilmoqda.

Jumladan:

🔹FACE ID yordamida identifikasiya qilish mexanizmini joriy etish. Bunda, tasdiqlangan foydalanuvchilar tomonidan berilgan ovozlar SMS orqali berilgan 5 yoki 10 ovozga tenglashtirilish;

🔹kam sonli aholi yashaydigan mahallalar aholisi tomonidan ilgari surilgan loyihalar uchun ko‘paytirish koeffisiyenti joriy etish amaliyoti ko‘rib chiqiladi.

Bunda, kichik mahallalar loyihalariga katta mahallalar aholisi tashabbusi bilan teng sharoitlarda raqobatlashish imkoniyati yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, tashabbuslar uchun ovoz berishning shaffofligi va adolatliligini ta’minlashga qaratilgan boshqa takliflar ishlab chiqilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!