Masjidlarda tarovih namozlari o‘qilmasligi ma’lum qilindi

Masjidlarda tarovih namozlari o‘qilmasligi ma’lum qilindi

Turkiya Din ishlari bo‘yicha vaziri Ali Erbosh Ramazon oyida tarovih namozlari o‘qilmasligini ma’lum qildi, deb vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Hozirgi vaqtda koronavirus pandemiyasi vaqtida qurbonlar soni ortib borar ekan, biz bu borada o‘z tadbirlarimizni olishda davom etyapmiz. Taxminan 20 kundan keyin muborak Ramazon oyi kirib kelmoqda, lekin shuni afsus bilan ma’lum qilamanki Turkiyada masjidlarda tarovih namozlari qilinmaydi" - degan Ali Erbosh 

Eslatib o‘tamiz, 16 mart kuni Turkiyadagi masjidlarda namozlar, xususan, juma namozlari vaqtincha o‘qilmay turilishi, ammo azonlar eshittirilishi va masjidlar ochiq qolishini ma’lum qilingan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada jami 230 934 nafar inson koronavirusdan kasallandi. Ularning 501 nafari vafot etdi, 786 nafari esa sog‘ayib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!