Tanzila Norboyeva: "Konstitusiyaga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilmaydi"

Tanzila Norboyeva, Oliy Majlis Senati raisi:
Yana bir blogerimiz savol berganki, Oliy Majlis Senati yalpi majlisi boshlandi. Bugun “O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi sirli Qonun ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan deyilgan.
Nafaqat bu bloger, balki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kun tartibiga Konstitusiyaga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish masalasi borligi to‘g‘risida o‘qidim.
Bu mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Yalpi majlis kun tartibida Konstitusiyaga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida masala kiritilmagan.
Konstitusiya bizning bosh qomusimiz. Unga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish xalqimiz bilan bemaslahat qilinmaydi.
Yana "sirli" degan so‘zga alohida urg‘u bermoqchiman. O‘zbekistonda hech bir narsa sirli emas. Hamma masala ochiq-oshkoralik bilan qabul qilinyapti, ko‘rib chiqilyapti, xalq bilan bamaslahat qilinyapti.
Men nafaqat qonunlarni, balki qonunosti hujjatlarni ham nazarda tutyapman. Hatto Prezidentimiz qabul qilayotgan har bir farmon, har bir qarorga imzo chekishdan avval xalq bilan maslahatlashib, ayniqsa hududlarda deputatlar, jamoatchilik kengashi, olimlar, ekspertlar fikri o‘rganilib, mahalla raislari yoki jamoatchilik kengashlarining selektor yig‘ilishlarida fikr-mulohalari tinglab, keyin imzo chekyaptilar.
〰️〰️〰️〰️
Oliy Majlis Senati yalpi majlisidan