Taniqli turk aktyori nega model bilan ajrashdi?

Taniqli turk aktyori nega model bilan ajrashdi?

O‘tgan yozda Burak Denizning model Didem Soydan bilan xayrlashishi eng ko‘p muhokama qilingan mavzulardan biriga aylandi.

Mashhur juftlik ajrashgach, turk OAVlari Burak va Didemning ajralish sabablari haqida yozgan yedi. Ma’lumotni aktyorning do‘stlaridan o‘rgangan turkiyalik jurnalistlarga ko‘ra, Didemning tarmoqdagi ochiq suratlari Burakning g‘azabini keltirgan.

O‘shanda Burak ham, Didem ham mish-mishlarga izoh berishmagan.

Yaqinda model birinchi marta u va Burak haqidagi maqolalarga munosabat bildirdi:

"Ha, biz ajrashdik. Ochiq suratlar ustidagi janjal haqida hamma yozgan. Bu yolg‘on. Xo‘sh, biz bu haqda janjallashadigan darajada jinnimizmi? Biz aqlli odamlarmiz va shaxsiy hayotimizni omma oldida muhokama qilmaymiz, shuning uchun haqiqiy sabablar o‘rtamizda qoladi", dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!