Taniqli brend asoschisi, dizayner koronavirusdan vafot etdi

Taniqli brend asoschisi, dizayner koronavirusdan vafot etdi

"Vogue" nashrining xabar berishicha, italiyalik dizayner, poyabzal brendi asoschisi Serxio Rossi 84 yoshida vafot etdi.

Oldinroq unga "COVID-19" koronavirusi tashxisi qo‘yilgan, u asoratlardan vafot etgan deb taxmin qilinmoqda. Boshqa tafsilotlar berilmagan.

"Uning poyabzallari har doim qulay, bejirim va ajoyib edi. Poyabzallar uning uchun aksessuar emas edi", dedi brend bosh direktori Rikkardo Shutto.

Rossi 1951 yilda ayollar poyabzali tikadigan kompaniyaga asos solgan. Keyingi o‘n yillikda Rossi taniqli brendga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!