Poyezd
Yo‘lovchi va yuk poyezdi to‘qnashdi: kamida 9 kishi o‘ldi (video)
Pokiston shimoliy-sharqidagi Panjob provinsiyasida ikki poyezd to‘qnashdi. Yo‘lovchi hamda yuk poyezdlari to‘qnashuvida kamida 9 kishi halok bo‘lgan, 67 kishi esa turli tan jarohatlarini olgan. Bu haqda "Geo.tv" telekanali xabar berdi.
Toshkent metropoliteni uchun yangi poyezdlar tayyorlanmoqda
Aprel oyida «O‘zbekiston temir yo‘llari» va Rossiyaning «Metrovagonmash» kompaniyalari o‘rtasida Toshkent shahridagi yer usti metropoliteni uchun harakatlanuvchi sostav vagonlarini har biri 4 vagondan iborat 5 ta sostav xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.
Andijonda mast holatda uxlab qolgan erkakni poyezd bosib ketdi (+video)
Andijon ikkinchi temir yo‘l bekatida tunda fuqaroni poyezd bosib ketdi, deb xabar qiladi "Zamon" muxbiri.
Arisdagi portlashlar sabab O‘zbekistonning sakkizta poyezdi harakati vaqtincha to‘xtatildi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati Qozog‘istonning Aris shahridagi harbiy qismda yuz bergan portlash munosabati ayrim poyezdlar harakatlanishi vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, «Qazaqstan temir jo‘li» kompaniyasi tomonidan harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ayrim yo‘lovchi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan (ayrim poyezdlar harakati 24 iyunning o‘zidayoq to‘xtatilgan edi.
Kimlar poyezdda yiliga bir marta tekin yurish huquqiga ega?
Temir yo‘llarda yiliga bir marta bepul yurish huquqi (borish va kelishga) quyidagilarga taqdim qilingan:
Kim Chen Inning zirxlangan poyezdiga Stalinning qanday aloqasi bor?
Bugun Vladivostokda Putin va Kim Chen Inning muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda.
Vagon kuzatuvchisi firibgarlik qilganligi uchun sudlandi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudi sudyasi A.Qahharovning raisligida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan V.N.ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Qashqadaryoda kuchli yog‘ingarchilik ortidan poyezd relsi cho‘kib vagonlar osilib qoldi
Aytishlaricha Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Oqrabot qishlog‘i hududidan o‘tgan temir yo‘l relsi kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng cho‘kkan va unda harakatlanayotgan poyezd vagonlari osilib qolgan. Kuchli jala yog‘ishi oqibatida yer sathi cho‘kkan va temir yo‘llarga ham ziyon yetgan, deya xabar berishmoqda.
Dahshat! Poyezd "Tez yordam" mashinasini yanchib ketdi (video +18)
Polshaning Pushikovo shahridagi temir yo‘lda dahshatli hodisa sodir bo‘ldi. Poyezd "Tez yordam" mashinasini bosib ketdi. Bu holat aks etgan video "YouTube"ga joylandi.
Noto‘g‘ri yo‘nalish poyezdiga adashib chiqqan yo‘lovchi qanday yo‘l tutishi kerak?
Noto‘g‘ri yo‘nalish poyezdiga adashib chiqqan yo‘lovchi poyezdni eng yaqin stansiyada tark etishi kerak.
Fojia! Qibraylik fuqaroni yuk poyezdi urib ketdi
Shu yilning 4 mart kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanidan o‘tuvchi “Qodriya-Oqqovoq” temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 16-km.da yuk poyezdi “Qibray” QFY Birlik ko‘chasida yashagan M.M.ni ehtiyotsizligi sabab urib ketgan.
O‘zbekistonda 1 martdan temir yo‘llari chipta narxi oshadi
"O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati 2019 yilning 1 martidan boshlab “Afrosiyob” tezyurar poyezdlaridan tashqari barcha mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poyezdlar chiptalarining narxi 20% ga oshishini ma’lum qiladi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.