Kim Chen Inning zirxlangan poyezdiga Stalinning qanday aloqasi bor?

Kim Chen Inning zirxlangan poyezdiga Stalinning qanday aloqasi bor?

Bugun Vladivostokda Putin va Kim Chen Inning muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zAning yozishicha, Kim Chen Inning Koreya rahbari lavozimiga qayta saylanganidan so‘ng amalga oshirilgan birinchi xorijiy tashrifdir. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Vladivostokka kecha, 24 aprel kuni 230 kishilik delegasiya bilan yetib kelgan edi.

Shimoliya Koreya rahbari Rossiyaga tashrifini zirhlangan poyezdda amalga oshirmoqda. Ushbu poyezdni Kim Chen Inning bobosi, KXDRning birinchi yetakchisi Kim Ir Senga Iosif Stalin sovg‘a qilgan. Kim Chen Inning zirhlangan poyezdi haqida ma’lumot uncha ko‘p emas, lekin shunisi aniqki, ushbu poyezd granatomet, gaz hujumi va havo hujumidan himoyalangan. Poyezd tarkibida vagon-garaj, 2ta restoran, majlislar xonasi, qo‘riqchilar xonasi, elektr stansiya bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!