Tadbirkorni so‘kkan Yangi Namangan tumani hokimiga jazo tayinlandi

Tadbirkorni so‘kkan Yangi Namangan tumani hokimiga jazo tayinlandi

Tadbirkorga so‘kinib, uni haqorat qilgan Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayevga hayfsan berilib, uch oy muddatga barcha turdagi rag‘batlantirishlardan mahrum qilindi.

“Hokimning bu qilig‘ini aslo oqlab bo‘lmaydi. Bunday mavqedagi davlat xizmatchisi aslida barchaga o‘rnak va namuna bo‘lishi kerak. Jumladan, muomala, aholi bilan munosabat borasida ham. Namanganliklar farzandlarini ham sizlab gapiradi axir”, — dedi viloyat hokimi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!