Sviridenko AQShdagi elchi bo‘lish taklifini rad etdi
Bu haqda "RBK-Ukraina" xabar berdi.
Kuni kecha iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza bergan Ukraina Bosh vaziri o‘rinbosari Yuliya Sviridenko Prezident Vladimir Zelenskiyning Ukrainaning AQShdagi yangi elchisi bo‘lish taklifini qabul qilmadi, — deb xabar bermoqda "RBK-Ukraina" vaziyatdan xabardor manbaga tayanib.
Sviridenkoga elchilik lavozimi taklif qilingani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Sviridenkoning iste’foga chiqish haqidagi arizasi kuni kecha Oliy Radaga kelib tushgan va Ukraina parlamenti uni chorshanba kuni ko‘rib chiqishi kutilmoqda.
Avvalroq Zelenskiy Sviridenkoning yaqin oradagi iste’fosini e’lon qilar ekan, buni Ukraina strategiyasining o‘zgarishi va hukumat ishida yangi ustuvor yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatgan holda Vazirlar Mahkamasining qayta shakllantirilishi bilan izohlagan edi.
Hozirda Ukrainaning AQShdagi diplomatik vakolatxonasiga ilgari adliya vaziri bo‘lgan Olga Stefanishina rahbarlik qilmoqda.
