Surxondaryolik fuqaro hayron: plastigidagi salkam 20 million pul qayerda?

Surxondaryolik fuqaro hayron: plastigidagi salkam 20 million pul qayerda?

Dehqonobod tumani Istiqlol MFYda yashovchi N.Yu ariza bilan murojaat qilib, ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishgan shaxs uning telefon raqamini va boshqa ma’lumotlarini olib, unga tegishli bo‘lgan bo‘lgan plastik kartasidan bo‘lib-bo‘lib, jami 19.834.500 so‘m pullarini qo‘lga kiritganligini bildirib, noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Holat yuzasidan Dehqonobod tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni Andijon viloyati Andijon shahar «Bo‘ston» MFYda yashovchi A.A. sodir qilganligi aniqlanib, undan ashyoviy-dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!