Surxondaryoda qochoq erkak qo‘lga tushdi

Surxondaryoda qochoq erkak qo‘lga tushdi

Denov tumanining Bog‘inav mahallasida yashovchi fuqaro M.O. Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 228-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgan edi. Shu sababli unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Biroq u jinoiy javobgarlikdan qochib yurishni ma’qul deb topdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar tarqatdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida qamoq jazosi qo‘llanilgan M.O. yaqinda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib, ushlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!