Surxondaryoda bosh muhandis fuqarolarning pulini "eb yubordi"

Surxondaryoda bosh muhandis fuqarolarning pulini "eb yubordi"

Javlon Samadov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) Muzrabot tumanidagi elektr tarmoqlari korxonasida bosh muhandis lavozimida ishlardi. U yaxshigina maoshiga qanoat qilmay, oson pul topishni istab qoldi.

Shu niyatda “Yurtim jamoli” mahallasidagi 45 xo‘jalikka transformator va simyog‘ochlar o‘rnatib berishni va’da qilib, fuqarolardan yig‘ilgan 8 million so‘m pulni olib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yubordi. Oxirini o‘ylamay ish tutgan J.Samadovning bu harakati u o‘ylagandek yakunlanmadi. Odamlar uning yolg‘onlariga ishonishmadi. Kuta-kuta tarnsformator kelavermagach, ular tuman IIBga murojaat qilishdi.

"Postda"ning xabariga ko‘ra, J.Samadovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xursan ARIPOV,
viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi
bo‘linma boshlig‘i, polkovnik


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!