Surxondaryoda bir guruh shaxslar mahalla raisini "samosud" qilishdi

Surxondaryoda bir guruh shaxslar mahalla raisini "samosud" qilishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani "Istiqlol" MFY raisi ekani aytilgan fuqaro o‘z xonasida ko‘ngilxushlik qilayotgani aks etgan video tarqalgan.

Videoda ko‘rinib turibdiki, bir guruh shaxslar mahalla raisining ishxonasiga bostirib kirgan (oynani sindirib) va hech kimning roziligini olmasdan telefonga suratga tushirishgan.

Bu orqali ushbu shaxslar bir mansabdorning ishchanlik obro‘siga putur yetkazishga uringan. Eng yomoni, qonun ustuvor davlatda bu shaxslar mahalla raisini o‘zlari sud (samosud) qilishmoqchi bo‘lgan.

Undan ham dahshatlisi, suratga olish uchun ruxsat so‘rashmagan, internetga tarqatish uchun rozilik olishmagan, shaxsiy ma’lumotlar oshkor qilinib, yana bir qonunbuzilish holati ro‘y bergan. Inson huquqlari toptalgan.

Zed News kanali inson huquqlari va aybsizlik prezumpsiyasini inobatga olib, videoni taqdim etmaslikka qaror qilgani haqida yozgan.

 

P/S. Mazkur holat bo‘yicha tegishli tashkilotlardan izoh kutib qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!