Surxondaryoda ayol qashqadaryolik firibgar folbinlarga chuv tushdi

Surxondaryoda ayol qashqadaryolik firibgar folbinlarga chuv tushdi

Muzrabot tumanida 2022 yil 4 avgust kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasining xabariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida yashovchilar, S.Suhayla (ism shariflar o‘zgartirilgan) O.Dilkusho va Andijon viloyatida yashovchi, YU.Basiralar 28 may kuni, tumanning «Fayzobod» mahallasida yashovchi, K.Ijobatning ishonchiga kirishib, «farzandingiz og‘ir kasal davolab beramiz»-deb, 500.000 (besh yuz ming) so‘mlik “Samsung J2" rusumli telefoni, 2.500.000 (ikki million besh yuz ming) so‘mlik bir juft tilla ziragi va 100.000 (bir yuz ming) so‘m pullarini olib ketganligi aniqlangan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmatining yozishicha, mazkur holat yuzasidan O.Dilkusho, S.Suhayla va YU.Basiralarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!