Surxondaryoda 51 yoshli erkak do‘pposlandi. Nega?

Surxondaryoda 51 yoshli erkak do‘pposlandi. Nega?

Surxondaryo. 2020 yilning 14 aprel kuni soat 21:30 da Sherobod tumani “Oqtepa” mahallasida yashovchi 36 yoshli SH.N. o‘zining tanishi 51 yoshli R.Y., ning yashash uyiga 4.300.000 so‘m qarzini so‘rab borgan vaqtida o‘zaro janjallashganliklari oqibatida SH.N. qo‘li bilan R.Y., ning qorin sohasiga bir necha marta urib og‘ir tan jarohati yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Natijada R.Y. tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot muasassasiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Sherobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan N.SH., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!