Surxondaryoda 12 ta do‘kon yonib ketdi

Surxondaryoda 12 ta do‘kon yonib ketdi

Denov tumani Bobur mahallasida joylashgan «Bek» MCHJga qarashli savdo majmuasi hududidagi 4 ta asosiy va 8 ta kichik savdo do‘konlarida 25 iyun tungi soat 02:12 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmatiga tayanib, Bugun Uz nashri xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 90 kvadrat metr maydondagi buyum hamda kiyim-kechaklar yong‘indan zararlangan. Voqea joyiga Denov, Sho‘rchi, Oltinsoy, Sariosiyo va Qumqo‘rg‘on tumanlari FVBning 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:20 da yetib borib, yong‘in soat 02:30 da qurshab olingan va soat 03:50 da batamom o‘chirilgan.

O‘t o‘chiruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida majmua boshqa hududlariga yong‘in tarqalishining oldi olingan va 48 ta savdo do‘koni hamda 500 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!